Foto: O‘FA
Futbol bo‘yicha U-17 Osiyo Kubogining 2-turida O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 20 iyun, seshanba kuni Hindistonga qarshi bahs yuritdi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida hisob o‘zgarmadi. Ikkinchi bo‘lim oxirlab borayotganda Muhammadali Raimov O‘zbekistonga g‘alaba keltirgan gol muallifiga aylandi.
D guruhining ikkinchi o‘yinida Yaponiya o‘smirlari Vetnamni 4:0 hisobida taslim etdi.
1-turda O‘zbekiston futbolchilari Yaponiyaga qarshi bahs olib borgan va o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgandi.
So‘nggi tur oldidan Yaponiya va O‘zbekiston jamoalari 4 ochkodan to‘plab, guruhda peshqadam bo‘lib turibdi. 3-turda O‘zbekiston Vetnamga qarshi, Yaponiya esa Hindistonga qarshi to‘p suradi. O‘yinlar 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Guruhda birinchi o‘rinni egallagan jamoa chorak finalda C guruhi 2-o‘rin egasi bilan o‘ynaydi. Ayni vaqtda Avstraliya, Xitoy va Tojikiston ushbu o‘ringa da’vogar. Mazkur guruhda birinchi o‘rin masalasini hal qilib qo‘ygan Saudiya Arabistoni esa D guruhida ikkinchi o‘rinni olgan jamoa bilan o‘ynaydi.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqada yarim finaliga chiqqan jamoalar U-17 Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.
U-17 Osiyo Kubogi—2023
2-tur bahslari
20 iyun, seshanba
O‘zbekiston – Hindiston 1:0
Gol: 1:0 – 81 Raimov.
Vetnam – Yaponiya 0:4
Gollar: 0:1 – 2 Michivaki, 0:2 – 59 Mochizuki, 0:3 – 66 Sato, 0:4 – 74 Mochizuki.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Dunyoning mashhur ayollari kunni qanday boshlaydi?
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi