Shomurodovga yana bir chempionatning klubi qiziqish bildirmoqda

Shomurodovga yana bir chempionatning klubi qiziqish bildirmoqda
Shomurodovga yana bir chempionatning klubi qiziqish bildirmoqda
“Roma” hujumchisi Eldor Shomurodov yana bir boshqa chempionat jamoasining qiziqishlari doirasiga tushib qoldi. Xususan Gretsiyaning PAOK klubi Shomurodovni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida.
 
"Sportday.gr" nashri xabariga ko‘ra, PAOK klubi 27 yoshli hujumchi transferining moliyaviy tomonlarini o‘rganmoqda. Mazkur klub qishda ham O‘zbekiston terma jamoasi sardorini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilgan edi. Biroq rimliklarining yuqori moliyaviy talabi PAOKka to‘g‘ri kelmagan edi.
 
Eslatib o‘tamiz, Gretsiya jamoasidan tashqari Shomurodovga Turkiyaning “Galatasaray” klubi ham qiziqmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar