
Evropa Ligasining 1/16 final o‘yinlari nihoyasiga etdi va nimchorak finalda musobaqani davom ettiradigan 16 jamoa nomiga oydinlik kiritildi.
1/8 finalga eng ko‘p jamoa Italiyadan chiqdi – 5ta. Rossiya, Ukraina va Ispaniyadan ikkitadan jamoa nimchorak finalda o‘ynashadi. Angliya, Germaniya, Belgiya, Gollandiya va Turkiyadan bittadan vakil qoldi.
Evropa Ligasining 1/8 final ishtirokchilari:
“Roma”, “Napoli”, “Inter”, “Torino”, “Fiorentina” (barchasi – Italiyadan), “Zenit”, “Dinamo” (ikkalasi – Rossiya), “Dnepr”, “Dinamo Kiev” (ikkalasi – Ukraina), “Vilyarreal”, “Sevilya” (ikkalasi – Ispaniya), “Volfsburg” (Germaniya), “Everton” (Angliya), “Bryugge” (Belgiya), “Ayaks” (Gollandiya) va “Beshiktosh” (Turkiya).
27 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 17.00da nimchorak final bosqichiga qur’a tashlanadi. Bu bosqichda bir assosiasiya vakillari bir-birlariga ro‘baro‘ kelib qolishlari mumkin. Ammo UEFA qaroriga ko‘ra, Rossiya va Ukraina jamoalari turli juftliklarda bo‘lishadi.
Manba: www.stadion.uz
Evropa Ligasining/8 finalItaliya jamoalariRossiya jamoalariUkraina jamoalariAngliya vakillari O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar