00:14 / 03.07.2023
154

Vitaliy Levchenko: "Himoyada tartibli, hujumda esa unumli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik"

Vitaliy Levchenko: "Himoyada tartibli, hujumda esa unumli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik"

Coca Cola Superliga 8-turidan o‘rin olgan "Neftchi" – "Nasaf" uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

- O‘yin haqida

- Bugun biz liganing eng kuchli jamoasidan biri bilan o‘ynadik. Hozirda ular eng kuchli o‘yinlardan birini ko‘rsatishmoqda. Ularga qarshi o‘ynash qiyin, ayniqsa, ochiq futbol. Shu sabab ham biz himoyada tartibli, hujumda esa unumli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik. Qaysidir vaziyatlarda uddaladik, ba’zilarida esa yo‘q. Asosiysi, muxlislarimizni bugun xursand qila oldik.

- Vladimir Nazarov ikkita yetakchiga qarshi o‘yinda asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. Vladimir Nazarov endilikda "Neftchi"ning asosiy darvozaboniga aylandi desak bo‘ladimi?

- Ha, ko‘rib turganingizdek bizda raqobat bor. Kim haqliroq bo‘lsa, o‘sha maydonga tushadi. Qaysidir o‘yinchi maydonga tushishga tayyor bo‘lmasa, uni boshqa raqobatchisi bilan almashtiramiz. Raqobatsiz rivojlanish bo‘lmaydi. Bugun ham Nazarov maydonga tushdi va yaxshi natija ko‘rsatdik.

- O‘yin boshida darvozabon bir necha xatolarga yo‘l qo‘ydi. Bu haqida nima deya olasiz?

- Bu texnik xato. Ishlashda davom etamiz. Keyingi o‘yinlarda bunday bo‘lmasligiga harakat qilamiz. Nazarov hali yosh va bu xatolarni to‘g‘irlashga ulguradi.

- Rubin Xebayga "Neftchi"ga qiziqayotgani haqidagi xabarlar qanchalik to‘g‘ri?

- Menimcha, "Andijon" klubi rahbarining so‘zlarini eshitdingiz. U Xebay kichik summaga sotilmasligi, uni o‘z safida ko‘rmoqchi bo‘lgan klub kattagina pul bilan jamoaga murajaat qilishi kerakligini aytdi. Unga qiziqdik, bu rost, ammo biz katta pulga o‘yinchi sotib ola olmaymiz. Biz o‘z budjetimizdan kelib chiqqan holda ishlaymiz. Yuqoridagi mavzu bo‘yicha savol bo‘lishi mumkin emas. Balki, boyroq bo‘lgan Saudiya Arabistoni yoki Qatar klublari u futbolchini sotib olishlari mumkindir.

- "Ural" klubi bilan o‘yin sizning rejalaringizga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Chunki o‘sha paytda ko‘pgina jamoalar dam olishda bo‘lishadi.

- Yo‘q, hech qanday ta’sir o‘tkazmaydi. Biz uchun bu o‘yinlar ijobiy ta’sir qiladi. Farg‘onada ham futbol bayrami bo‘ladi. Sababi, RPL klubi bizning stadionga tashrif buyuradi. Bu bizga yomon ta’sir ko‘rsatmaydi.

- Muxlislarga nima degan bo‘lardingiz?

- "Neftchi" muxlislariga katta rahmat. Sizda shunday muxlislar bo‘lsa, jamoada ikkinchi nafas yo‘li ochiladi. Muxlislar biz uchun katta kuch berishadi. Charchoqni his qilmaysiz. Jamoada qancha ko‘p muxlis bo‘lsa, u shunchalik yaxshi o‘yin ko‘rsatadi.

- "Neftchi" ortiqcha shov-shuvlarsiz mavsumga kirishdi. Hozirda sovrinlar uchun kurashmoqda. Ikkinchi davradagi jamoaning rejadari qanday?

- Biz ishlashda davom etamiz. Jamoaga biroz yangi qon kerak. Asosiy tarkibni ham, zaxirani ham kuchaytirishga harakat qilamiz. Tarkib borasida muammoga duch kelmaslikka harakat qilamiz. Bu borada ishlashda davom etamiz.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "Himoyada tartibli, hujumda esa unumli o‘yin ko‘rsatishga harakat qildik"
ePN