date

Evro-2016: Islandiya Angliyani engdi va turnir chorak finalida Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

Evro-2016: Islandiya Angliyani engdi va turnir chorak finalida Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi

Islandiya terma jamoasi Evropa chempionatining nimchorak finalida Angliya bilan uchrashdi. Nissa shahridagi «Alyans Rivera» stadionida kechgan uchrashuvda inglizlar 1:2 hisobida yutqazdi, deyiladi "Kun" nashrida.

Uchrashuv boshida Rahim Sterlingga nisbatan jarima maydonida qo‘pollik ishlatilgach, o‘yin hakami Damir Skomin 11 metrli nuqtani ko‘rsatdi. Nuqtaga yaqinlashgan Ueyn Runi Xannes Xalldorson darvozasini ishg‘ol qildi - 1:0.

Bu goldan 90 soniya o‘tib Kari Arnason Hart darvozasi tomon to‘p uzatdi, to‘pga birinchi bo‘lib etib kelgan Ragnar Sigurdsson hisobni tenglashtirdi.

Birinchi bo‘lim o‘rtasida Yon Dadi Bodvarsson Kolbeynn Sigtorssonni ajoyib pas bilan ta’minladi va u kuchsiz zarbasi bilan Jo Hartning chap burchagini ishg‘ol qildi - 1:2.

Uchrashuvda hisob boshqa o‘zgarmadi va Angliya Evro-2016 turniridagi ishtirokini yakunladi. Islandiya turnirning chorak finalida mezbon Fransiyaga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv 3 iyul kuni bo‘lib o‘tadi.

Angliya – Islandiya 1:2
Gollar: 1:0 – 4, penalti Runi, 1:1 – 6 Sigurdsson, 1:2 – 18 Sigtorsson.
Angliya – Hart, Keyxill, Rouz, Uoker, Smolling, Alli, Dayer (Uilsher, 46), Sterling (Vardi, 60), Starridj, Keyn, Runi (Reshford, 86).
Islandiya – Xaldersson, Sigurdsson, Skulason, Sevarsson, Arnason, Gudmundsson, Sigurdsson, Gunnarsson, Byarnason, Sigtorsson (Byarnason, 77), Bedvarsson (Traustason, 89).
Ogohlantirishlar: Sigurdsson (38), Starrij (47), Gunnarsson (65).

Angliya - Islandiya (1:2) uchrashuvi statistikasi:

Zarbalar: 18-8
Aniq zarbalar: 5-5
Noaniq zarbalar: 10-3
To‘silgan zarbalar: 3-0
Darvoza ustuni/to‘sini: 0-0
Burchak zarbasi: 7-2
Offsayd: 2-1
To‘p bilan muomala qilish: 63%-37%
To‘p uzatmalar: 529-254
Aniq to‘p uzatmalar: 445-172
Himoyadagi muvaffaqiyatli harakatlar: 37-49
Qoida buzishlar: 6-15
Ogohlantirishlar: 1-2
Chetlatishlar: 0-0
[media=https://youtu.be/mpq7_AttMsc]
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Evro-2016: Islandiya Angliyani engdi va turnir chorak finalida Fransiyaga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi