20:00 / 17.07.2023
790

Raneri Shomurodovni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda

Raneri Shomurodovni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda

Foto: Getty Images
Yangi mavsum startidan oldin «Roma»ni tark etishi kutilayotgan Eldor Shomurodovga qiziqayotgan yana bir jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi.

TuttoSagliari nashri xabariga ko‘ra, o‘zbekistonlik 28 yoshli hujumchiga Italiyaning «Kalyari» klubi qiziqish bildirmoqda. Qayd etilishicha, jamoa bosh murabbiyi Klaudio Raneri Shomurodovni o‘z jamoasi safida ko‘rishni istamoqda.

Italiyalik 71 yoshli taniqli mutaxassis yanvar oyida «Kalyari» bosh murabbiyiga aylangach, B Seriyada 14-o‘rinda borayotgan klubni yarim yil ichida peshqadamlar safiga ko‘tarib, mavsum yakunida pley-off orqali A Seriyaga olib chiqishga muvaffaq bo‘ldi. Raneri A Seriya yangi mavsumi oldidan jamoasi tarkibini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Avvalroq, Shomurodov Joze Mourinoning yangi mavsum uchun rejalaridan o‘rin olmagani, unga Italiyaning «Lechche» va Ispaniyaning «Jirona» klubi qiziqish bildirayotgani haqida xabar tarqalgandi.

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov o‘tgan mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida «Spetsiya»da o‘tkazib, 16 o‘yinda bitta gol va 2ta assistga mualliflik qilgandi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raneri Shomurodovni o‘z jamoasida ko‘rishni istamoqda