O‘rtoqlik uchrashuvi doirasida "Paxtakor" Qozog‘istonning "Qayrat" klubiga qarshi maydonga chiqdi. Ushbu bellashuvda "sherlar" minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Garchi, mezbonlar ko‘plab xavfli vaziyatlar yaratgan bo‘lsa-da, Quvvatov hamda himoyachilar ishonchli o‘ynadi. 90+2-daqiqada esa "Paxtakor" legioneri Pshemislav Banashak gol urib, o‘yinda hisobni ochdi va bu gol hamyurtlarimizga Markaziy Osiyo derbisida g‘alaba keltirdi.
"Qayrat" - "Paxtakor" 0:1
Gol: Pshemislav Banashak 90+2
"Qayrat": Danil Ustimenko, Maki Banyak, Bayjan Madelxan, Sergey Keyler, Yegor Tkachenko, Yerkebulan Seydaxmet, Aleksandr Shirobokov, Dmitriy Sergeyev, Andrey Ulshin, Anton Krachkovskiy, Artur Shushenbayev.
Zaxira: Vadim Ulyanov, Temirlan Anarbekov, Damir Kasabulat, Adilet Sadibekov, Joao Paulo, Ofri Arad, Lev Kurgin, Yan Trufanov, Vyacheslav Shviryov.
"Paxtakor": Sanjar Quvvatov, Xojiakbar Alijonov, Muhammadqodir Hamraliyev, Shahzod Azmiddinov, Farruh Sayfiyev, Odil Hamrobekov, Sardor Sobirxo‘jayev, Doston Hamdamov, Dragan Cheran, Aziz Turg‘unboyev, Pshemislav Banashak.
Zaxira: Nikita Shevchenko, Muhammadrasul Abdumajidov, Kimi Merk, Mixail Kuxarchik, Diyor Xolmatov, Doston Tursunov, Behruz Asqarov, Xojimat Erkinov, Dilshod Saitov, Muhammadali O‘rinboyev.
Ogohlantirish: Muhammadqodir Hamraliyev ("Paxtakor") 27, Andrey Ulshin ("Qayrat") 76