Mahmud Murodov tarozidan o‘tish marosimiga 20 soat qolganida 5 kilogramm ortiqcha vaznga ega ekani ma’lum bo‘ldi. O‘zbekistonlik jang ustasi Mahmud Murodov 22 iyul kuni Londondagi UFC turnirida jang qiladi.
Braziliyalik Brayan Barberenaga qarshi jang oldidan ertaga vazn o‘lchash marosimi o‘tkaziladi. Ayni paytda Mahmud Murodov vazn yo‘qotish ishlari bilan band. Bu haqida u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
«Tayyorgarlikning oxirgi va eng qiyin bosqichi – bu vazn tashlash jarayoni. Alhamdulillah hammasi reja bo‘yicha ketyapti, biz jangga tayyormiz.
Vazn o‘lchash marosimiga 20 soat bor, hali 5 kg yo‘qotish kerak», — deya izoh qoldirdi Murodov Instagramdagi sahifasida.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar