23:34 / 22.07.2023
233

Abduqodir Husanov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi

Abduqodir Husanov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi

Faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishga yaqin bo‘lib turgan Abduqodir Husanov "Energetik-BGU" jamoasi bilan xayrlashdi.

"Hurmatli xodimlar, muxlislar va jamoaga aloqador hammaga rahmat! Minskda o‘tkazgan vaqtim uchun chin qalbimdan minnatdorchilik bildiraman. Sizlarning qo‘llab-quvvatlashingiz tufayli ham futbolchi sifatida, ham inson sifatida o‘sdim va endi yangi sinovlarga tayyorman.

Men "Energetik-BGU"ga hech kim tanimagan  O‘zbekistonning yosh futbolchisi sifatida keldim va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi chempioni, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida jahon chempionatida ishtirok etgan terma jamoa futbolchisi sifatida ketyapman.

Jamoadoshlarim va murabbiylar shtabiga alohida tashakkur izhor etaman. Professional o‘sishimga yordam bergan Anatoliy Ivanovichga alohida rahmat.

"Energetik-BGU" men uchun katta futbolga yo‘l ochib berdi va abadiy qalbimda qoladi. Barchangizga yana bir bor katta rahmat!", - deya ijtimoiy tarmog‘ida post qoldirdi Husanov.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov "Energetik-BGU" bilan xayrlashdi