18:30 / 23.07.2023
410

Stoykachi Mahmud Murodovni unuting. Bizda kurashchi Murodov bor

Stoykachi Mahmud Murodovni unuting. Bizda kurashchi Murodov bor

Kecha tunda hamyurtimiz Mahmud Murodov Brayan Barbarena ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi. Ammo, bu g‘alaba Mahmudga biroz tarix yaratish uchun zamin hozirladi. Uch raundlik jang davomida hamyurtimiz 16 marotaba teykdaunga (raqibini kurash usuli bilan yerga yotqizishga urinish) intilgan va shundan 13 tasi muvaffaqiyatli amalga oshirilgan.

Bu natija orqali Murodov o‘zi ishtirok etuvchi o‘rta vazn rekordini o‘rnatdi. Bundan oldin eng yuqori natija Marvin Vettoriga tegishli edi (Kevin Xolland bilan jangda 11 marotaba teykdaun).

Umumiy UFC'dagi bir jangda amalga oshirishgan eng ko‘p muvaffaqiyatli teykdaunlar soniga qarasak bu ro‘yxatda ham Mahmud top-5 ga kirib oldi.
Bular quyidagicha:

21 - Habib Nurmagomedov (Abel Truxiloga qarshi jangda);
16 - Shon Sherk (Xermes Frankaga qarshi jangda);
14 - Demetrius Djonson (Kiodji Xoriguchiga qarshi jangda);
14 - Kyortis Bleyds (Aleksandr Volkovga qarshi jangda);
13 - Mahmud Murodov (Brayan Barbarenaga qarshi jangda);
13 - Luidji Fioravanti (Lyuk Kummoga qarshi jangda);
13 - Merab Dvalishvili (Gustavo Lopezga qarshi jangda).

Eslatib o‘tamiz, Murodovdan tepada qayd etilgan natijalarda faqatgina Habib Nurmagomedov o‘z natijasiga uch raundlik jangda erishgan. Qolgan jangchilar, ya’ni, Shon Sherk, Demetrius Djonson va Kyortis Bleydslar bu ishni qilish uchun besh raundlik janglar o‘tkazishgan. Shundan ham bilib olish mumkinki, Murodov ancha tarixiy natija qayd etgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Stoykachi Mahmud Murodovni unuting. Bizda kurashchi Murodov bor