23:49 / 24.07.2023
458

Husanovni “Lans” rahbariyati va muxlislari qanday qarshi oldi?

Husanovni “Lans” rahbariyati va muxlislari qanday qarshi oldi?

O‘zbekiston milliy terma jamoasi markaziy himoyachisi Abduqodir Husanovning Frantsiya vitse-chempioni – “Lans”ga transferi rasman e’lon qilindi.

19 yoshli futbolimiz 2027 yilga qadar “Lans” sharafini himoya qiladi. Abduqodir yangi jamoasida 25 raqamda o‘ynashi ham hal bo‘ldi.

“Lans” bosh direktori Arno Puye:

Artua zamini – futbol va mehmondo‘stlik o‘lkasi. Husanovning transferi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki “Lans” tarixida ilk bor Markaziy Osiyodan futbolchi keldi. Abduqodirning katta umid bag‘ishlayotgan salohiyati va maydondagi ishonchli o‘yinlari bizning jonli qiziqishimizga sabab bo‘ldi.

19 yosh bo‘lishiga qaramay, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ko‘zga ko‘ringan o‘yinchisi mukammal o‘yin namoyish qilmoqda va o‘yinni juda yaxshi o‘qiy olishini ko‘rsatdi.

Bosh murabbiy Frank Xeyz jamoasiga qo‘shilish orqali o‘sishga intilishini namoyon qilishi lozim. Frantsiyaga kelgani va milliy chempionat uning yosh hayotiga jiddiy o‘zgarishlarni olib kiradi va moslashish jarayoni uchun vaqtni talab etadi. Bu davrda u sabrli va matonatli bo‘lishi kerak.

Biz uning salohiyatiga ishonamiz va asta-sekinlik bilan bo‘lsa ham, safimizdan mustahkam joy olishini kutamiz. Bu yo‘lda Abduqodir klub rahbariyatiga ham, jamoadosh do‘stlariga ham suyanishi mumkin.

Vieux supporter:

Kelasi yili biz Kevin Dansoni ushlab qolmaymiz. Fekundo Medina ham jamoani tark etish ehtimoli katta. Ularning o‘rnini mana shu yosh o‘zbek futbolchisi egallaydi.

Vindu:

Iqtidorli o‘yinchi ekan. Yaxshi tanlov bo‘ldi. Endi moslashish jarayonidan tezroq o‘tishi kerak.

Weedomaker:

O‘zbek futbolchisi jamoamizga keldi. Kim ham O‘zbekiston degan mamlakatdan o‘yinchi olib kelinishini o‘ylabdi, deysiz?

Ricou62:

Jamoamizga yana bir yangi millat vakili qo‘shildi. Unga xush kelibsan, deymiz.

Tony:

Bu haqiqatan yaxshi tanlov. Chunki Husanov yosh va iqtidorli, Dansoning o‘rnini egallay oladi. Birinchi yili uning ko‘nikib olishi uchun vaqt va o‘yin amaliyoti berish kerak. Kelasi yildan nimalarga qodirligini ko‘rsata boshlaydi. Husanov jahon chempionatida buni isbotlay oldi. Mana shundan talantni topib, transferni tez amalga oshirgan mutasaddilarning mahoratiga qoyil qolish kerak.

Romses78:

Husanov tezroq moslashishiga umid qilamiz. To‘g‘risi, bu kutilmagan transfer bo‘ldi. Endi legioner o‘zini ko‘rsatishi kerak.

Jean-guy62:

Husanov Xalqaro sport tadqiqotlari markazi – CIES tomonidan dunyoning eng iqtidorli yosh himoyachilari qatoriga bejizga kiritilmagan bo‘lsa kerak?!

Alain53:

Bu juda qiziqarli transfer. Yosh o‘yinchi uchun imkoniyat. Biroq, O‘zbekistondan Belarus orqali Frantsiyaga kelganidan keyin moslashuv jarayoni oson bo‘lmaydi. Qolganini vaqt ko‘rsatadi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husanovni “Lans” rahbariyati va muxlislari qanday qarshi oldi?