Foto: “Nasaf”
Qarshining “Nasaf” jamoasi argentinalik futbolchi Andres Chavezni o‘z safiga qo‘shib olganini e’lon qildi.
Qarshiliklar futbolchi bilan mavsum oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma imzoladi.
Markaziy hujumchi faoliyati davomida “Boka Xuniors”, “Vilsterman”, “Hurakan”, "Panatinaikos" kabi jamoalarda o‘ynagan. Futbolchining oxirgi klubi Argentinaning “Benfild” jamoasi bo‘lib, Chaves jamoa sardori edi.
"32 yoshli argentinalik markaziy hujumchi jamoamiz bilan mavsum oxirigacha birga bo‘ladi. Umid qilamizki Andres Chavez jamoamizga ko‘plab sovrinlarni qo‘lga kiritishda yordam beradi. "Nasaf" oilasiga xush kelibsan, Andres", - deyiladi klub xabarida.
“Nasaf” O‘zbekiston Superligasining birinchi davrasidan so‘ng 24 ochko bilan 4-o‘rinda bormoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar