O‘zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi yozda o‘z tarkibini kuchaytirishda davom etadi.
Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, "sherlar" belaruslik darvozabon Pavel Pavlyuchenkoga qiziqib qolishdi. 1998 yilda tug‘ilgan posbonning bo‘yi 194 santimetr. Pavlyuchenko faoliyati davomida "Dnepr", "Dinamo-Brest", "Rux" (barchasi Belarus), "Bruk-Bet Termalitsa", "Gurnik" (ikkalasi Polsha) klublarida o‘ynagan. 2017 yildan buyon Belarus milliy terma jamoasi tarkibida 11ta o‘yinda maydonga tushgan.
2019 yil "Dinamo-Brest" safida Belarus chempioni bo‘lgan, 2018 yil Belarus kubogi sohibiga aylangan. 2017, 2018 va 2020 yillarda mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.
Transfermarkt portali Pavlyuchenkoning transfer narxini 300 ming yevroga baholamoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar