21:30 / 29.07.2023
1 037

Yana bir futbolchimiz Yevropaning kuchli ligasiga o‘tmoqchi

Yana bir futbolchimiz Yevropaning kuchli ligasiga o‘tmoqchi

Iqtidorli o‘zbek futbolchilari ham Yevropaning kuchli beshlik chempionatlariga yo‘l ola boshlagani muxlislarimizni quvontirmoqda.

Dastlab, O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va to‘purari Eldor Shomurodov 2020 yilda Italiya  A Seriyasiga yo‘l olgan edi.

Bu yil Abduqodir Husanov Fransiyaning vitse-chempioni – “Lans” bilan to‘rt yillik shartnoma imzolab, bu mamlakatdagi birinchi va kuchli beshlik ligalarida o‘ynaydigan ikkinchi o‘zbek futbolchisiga aylandi.

Aslida yangi avlod vakillari orasida Yevropa maydonlarida o‘ynay oladigan hamyurtlarimiz ko‘p. Ularga Rossiya va Belarus kabi chempionatlar tramplin vazifasini o‘tamoqda.

Rossiya klublaridan biri – “Rubin”da faoliyat ko‘rsatayotgan 26 yoshli himoyachimiz Rustam Ashurmatov ham kelajakda Yevropaning kuchli chempionatlarida o‘ynashni orzu qilayotganini yashirmadi.

“Match TV” nashriga bergan intervyusida legionerimiz chempionat, chempionlik masalasi va kelajakdagi rejalari bo‘yicha fikr bildirdi.

- Rossiyada keyingi yillarda “Zenit”ni birinchi turdan keyinoq chempionlik bilan qutlash an’anaga aylanib qoldi. Bu gal ham shunday bo‘ladimi?

- Tabriklashga hali juda erta. Jamoani tark etgan Malkomsiz ularga ancha qiyin bo‘ladi. Chunki bu futbolchi jamoa yetakchisi edi. Shunday ekan, boshqa jamoalar “Zenit”ning yana chempion bo‘lishiga xalaqit qilishga harakat qiladi.

- Sen O‘zbekistondan Rossiyaga yulduz bo‘lish uchun keldingmi? O‘z kuchingni Yevropada sinab ko‘rish istaging bormi?

- Ayni paytda  mening “Rubin” bilan shartnomam bor. Hozir faqat jamoa haqida o‘ylayapman. Asosiysi, asosiy tarkibda o‘ynash, qolganini keyin ko‘ramiz.

Albatta, hamma futbolchi kabi menda ham top-chempionatlarda o‘ynash orzusi bor.

“Rubin” jamoasi o‘tgan mavsumni Birinchi ligada o‘tkazib, musobaqada g‘olib chiqdi va yangi chempionatni Premer-ligada boshladi.

Qozon klubi joriy yilning yanvar oyida ikki o‘zbek futbolchisi – Rustam Ashurmatov va Umarali Rahmonaliyevni erkin agent sifatida o‘z safiga qo‘shib oldi. Endi bu o‘yinchilarimiz Rossiya Premer-ligasida qozonliklarga yordam beradi.

26 yoshli Ashurmatov “Rubin”ga kelgunga qadar O‘zbekistonda “Qo‘qon-1912”, “Bunyodkor”, “Navbahor” hamda Janubiy Koreyada “Kvandju”, “Kanvon” jamoalarida o‘ynab, mahoratini oshirgan.

"Rubin" a’zosi - 19 yoshli Umarali Rahmonaliyev esa, “Bunyodkor” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

 U yosh bo‘lishiga qaramay, xorijlik skautlar nazariga tushdi va faoliyatini davom ettirish uchun “Rubin” jamoasini tanladi.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Yana bir futbolchimiz Yevropaning kuchli ligasiga o‘tmoqchi
ePN