18:15 / 31.07.2023
682

"Lans" bosh murabbiyi Abduqodir Husanov haqida: "U kabi futbolchini hali ko‘rmagandim!"

"Lans" bosh murabbiyi Abduqodir Husanov haqida: "U kabi futbolchini hali ko‘rmagandim!"

"Lans" bosh murabbiyi Frank Xeyz Abduqodir Husanov haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi

"Uning maydondagi o‘yinini ko‘rib, bu yigit 19 yoshda ekaniga shubha qilib qolasiz. Husanovning harakatlari 25 yoshli futbolchinikiga o‘xshaydi, ammo u rostan 19 yoshda.

Kam daqiqa ko‘rinish bergan bo‘lsa ham himoyachi ishonchli o‘yini bilan o‘zini zo‘r darajada ekanini namoyish qildi. Unda fransuz tili bilan ozroq muammosi bor. Biroq shuni inobatga olmaganda, Abduqodir klubga moslashib keta oladi.

Hafta davomida uning to‘p bilan ajoyib ishlar qila olishini ko‘rdik, o‘zining darajasi qanday holatda ekanini isbotlay oldi. Husanov - jiddiy, og‘ir-vazmin va to‘p bilan yaxshi harakat qila oladigan yosh iqtidor sohibi.

19 yoshda bizning yoshartirilgan tarkibda u kabi futbolchini hali ko‘rmagandim. Bizda iste’dodli yoshlar yetarli, ammo bu darajada emas. Bilmadim, uning mavsumi qanday o‘tadi, ammo biz mashg‘ulotlarda ijobiy holatni kuzatmoqdamiz", - dedi mutaxassis.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Lans" bosh murabbiyi Abduqodir Husanov haqida: "U kabi futbolchini hali ko‘rmagandim!"