21:21 / 02.08.2023
198

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbekistonda futbol – eng sevimli sport turi. Har 10 kishidan 9 nafari uning muxlisi desa bo‘ladi»

Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbekistonda futbol – eng sevimli sport turi. Har 10 kishidan 9 nafari uning muxlisi desa bo‘ladi»

Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yuqori Chirchiq tumanida barpo etilyotgan futbol bo‘yicha milliy terma jamoalar markazini borib ko‘rib, yosh futbolchilar va soha mutaxassislari bilan fikr almashgan.

Bu markaz FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Hozirda 8 ming o‘rinli stadion qurilgan. Yana 7ta mashg‘ulot maydoni, plyaj futboli maydoni, futzal maneji, basseyn, reabilitatsiya majmuasi va yotoqxonalar qurilishi rejalashtirilgan.

Soha mutasaddilari bilan suhbatda milliy futbolimizga xorijdan malakali texnik direktor olib kelish, futbol tuzilmasini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Qoraqalpog‘iston, Qashqadaryo, Jizzax, Namangan va Toshkentda mintaqaviy bazalar tashkil qilish, murabbiylar maktabini takomillashtirish bo‘yicha topshiriqlar berilgan.

Prezident yoshlar orasida futbolni yanada ommalashtirish, ularga sharoit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

- O‘zbekistonda futbol eng sevimli sport turi. Har o‘nta odamdan to‘qqiztasi uning muxlisi desa bo‘ladi. Bu ommaviylikdan foydalanib, futbolni tubdan rivojlantirish kerak. Masalan, yurtimizda 10 mingta maktab bor, 208 ta tuman-shahar bor. Xo‘sh, maktab, mahalla, jamoalarda futbol qanday bo‘ladi? Ikkinchidan, futbolga mehr qo‘ygan bolalar o‘z yo‘lini topishi uchun nima qilishimiz kerak? Uchinchidan, yoshlar futboldan ketgandan keyin nima bilan shug‘ullanadi, ularga qo‘shimcha kasb-hunar berishni ham o‘ylash zarur, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlatimiz rahbari yosh futbolchilar bilan ham suhbatlashdi.

Xalqimizning sportga mehri kuchli. Ayniqsa, futbol «oilaviy do‘stimiz». Milliy terma jamoamiz o‘yinlarini hammamiz g‘urur, faxr, hayajon bilan kuzatamiz. Sizlar oilada ota-onangizning farzandi bo‘lganingiz bilan maydonda xalqimizning farzandisizlar. Ana shuni doim yodda tuting, - dedi Prezident.

Futbolchilarda Vatan tuyg‘usini shakllantirish muhimligi ham ta’kidlandi.

- Futbolchilar dunyo kezadi, chet el jamoalarida o‘ynaydi. Ular O‘zbekiston tarixini, sharoitlarini yaxshi bilishi kerak. Ular bizning elchilarimiz, bolalarga namuna, - deya davlat rahbarining so‘zlarini keltirgan matbuot xizmati.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Shavkat Mirziyoyev: «O‘zbekistonda futbol – eng sevimli sport turi. Har 10 kishidan 9 nafari uning muxlisi desa bo‘ladi»