date

Husniddin Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib bordi

Husniddin Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib bordi

O‘zbekiston terma jamoasi va "Nasaf" klubi himoyachisi Husniddin Aliqulov legionerga aylanadi.

Oldinroq, Aliqulov tez orada Turkiyaning "Rizespor" klubiga ko‘chib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Championat.asia sayti ma’lumotiga ko‘ra, Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaning Rize shahriga yetib borgan. Ayni damda tomonlar bitim bandlari ustida muzokaralar o‘tkazishmoqda. Katta ehtimol bilan ertaga Husniddin Aliqulov va "Rizespor" o‘rtasida shartnoma imzolanadi.

Ma’lumot uchun, "Rizespor" klubi 1953 yilda tashkil topgan. Ayni paytda jamoani mahalliy murabbiy Ilhan Palut boshqarib bormoqda. Klub o‘tgan mavsum Turkiya birinchi ligasida 2-o‘rinni oldi va Superligaga yo‘l oldi.

Eslatib o‘tamiz, yangi qoidalarga ko‘ra, o‘zbekistonlik futbolchilar Turkiyada legioner hisoblanmaydi.

Husniddin Aliqulov bu mavsum Superligada 12 ta o‘yinda maydonga tushdi va raqiblar darvozasiga 5 ta gol urdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Husniddin Aliqulov shartnoma imzolash uchun Turkiyaga yetib bordi