date
views 436

"Bu OCHL saralashi oldidan "Navbahor"ga bosh og‘rig‘i bo‘lmasa edi..."

"Bu OCHL saralashi oldidan "Navbahor"ga bosh og‘rig‘i bo‘lmasa edi..."

Superliga 16-turidan o‘rin olgan "Navbahor" - "Paxtakor" o‘yinida "sherlar" 1:2 hisobida zafar quchdi. "Navbahor"ning nega mag‘lub bo‘lgani, Shatskixning foydali tarafi, "lochinlar" OCHLda muammoga duch kelishi haqida SPORTS.uz sayti jurnalisti Jaloliddin Qobiljonov telegram kanalida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

- Bugungi o‘yinni stadiondan kuzatdim, atmosfera shunchaki a’lo darajada edi!

"Navbahor" deyarli butun bellashuv davomida maydon markazini yorib o‘ta olmadi. "Paxtakor"da Hamrobekovning yo‘qligi "Neftchi"ga qarshi bahsda sezilgandi, qaytgani "o‘z mevasini bermay qolmadi". Markaz "yopiq"ligi uchun "lochinlar" himoyadan turib, hujumga uzun paslar berishdi. Ammo doim ham bu o‘zini oqlagani yo‘q.

Alijonov faoliyatidagi eng yaxshi o‘yinlardan birini o‘tkazdi. "Hoji" Shatskix qo‘l ostida ancha o‘sishga erishdi. Avval qanotga yugurib, jarima maydoni ichiga havolatib pas beradigan himoyachi hozir raqiblarini birin-ketin aldab o‘tishdan ham cho‘chimayapti. "Maks"ning terma jamoamiz uchun kichik bo‘lsa-da, foydasi shu yerda ko‘rinmoqda.

Babayanning mana shunday "ochilgan" shogirdi Oston O‘runov bu bellashuvda jamoasiga yordam bera olmadi. Bu darajadagi to‘qnashuvning ilk daqiqalarida jarohat olib, maydonni tark etish juda og‘ir. Ostonga sog‘lik tilayman.

Cheran, endi bu Cheran. Unga ortiqcha ta’rif shart emas!

O‘yinga qaytadigan bo‘lsak, "Navbahor" bugun taktik tomonlama yutqazdi. "Maks" ketma-ket mag‘lubiyatlarni bitta g‘alaba bilan yuvib ketdi. Eslasangiz, birinchi davrada ham xuddi shunday holat sodir bo‘lgandi. "Paxtakor" ikki og‘ir mag‘lubiyat ortidan aynan "lochinlar"ni taslim etgan. Tarix takrorlandi.

E’tiborlisi, "Navbahor" o‘tkazib yuborgan oxirgi 3 ta gol ikkinchi qavatdan kiritildi. Namanganliklar himoyasida muammolar yetarlicha. Ayniqsa, bu OCHL saralashi oldidan bosh og‘rig‘i bo‘lmasa edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Bu OCHL saralashi oldidan "Navbahor"ga bosh og‘rig‘i bo‘lmasa edi..."