Germaniyaning «Bavariya» klubi Harri Keyn jamoa futbolchisiga aylanganini rasman e’lon qildi. Myunxen klubi va angliyalik 30 yoshli hujumchi o‘rtasida 4 yillik shartnoma imzolandi.
Nemis klubi Keyn transferi uchun «Tottenhem»ga 100 million yevro to‘laydi va yana 20 million yevro bonus sifatida to‘lanishi mumkin.
Shu tariqa, 30 yoshli hujumchi ilk bor xorij chempionatida o‘ynaydigan bo‘ldi.
Insayder Florian Plettenbergga ko‘ra, Keyn «Bavariya» safida 12 avgust kuni Germaniya Superkubogi doirasida «RB Leypsig» klubiga qarshi kechadigan o‘yindayoq maydonga tushishni istamoqda.
Ma’lumot uchun, Keyn 2022/23 yilgi mavsumda londonliklar safida 49 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirgandi.
BavariyaHarri KeynGermaniya SuperkubogiMyunxen klubiTottenhem transferiXorij chempionati O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar