“Roma” rahbariyati bosh murabbiy Joze Mourino eng yoqtirgan shogirdlaridan biri – Nemanya Matichni boshqa jamoaga sotib yubordi.
Matichni “Manchester Yunayted”dan Rimga ko‘chib o‘tishga portugaliyalik murabbiy ko‘ndirgan edi. Nemanya bu murabbiy qo‘l ostida “Chelsi” va “Manchester Yunayted”da to‘p tepgan.
Endi “Roma” ular hamkorlikda ishlagan uchinchi va oxirigi jamoa bo‘ladi. Matichning poytaxtdan ketishiga Mourino bilan urishib qolgani sabab bo‘ldi.
35 yoshli serbiyalik futbolchi faoliyatini “Renn”da davom ettiradi. Fransuzlar tajribali yarim himoyachi uchun 3 million yevro to‘lashga rozi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar