date
views 222

Israel Adesanya: "Hech bir raqibimni yerga urmayman!"

Israel Adesanya: "Hech bir raqibimni yerga urmayman!"

O‘rta vaznda amaldagi UFC chempioni nigeriyalik Israel Adesanya (24-2) 9-sentyabr sanasida Sidneyda bo‘lib o‘tadigan UFC 293: Adesanya vs. Strickland turniri asosiy jangida unga raqib bo‘ladigan amerikalik jangchi Shon Striklendning imkoniyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi:

"Men hech qachon raqibim imkoniyatlariga past baho bermayman. Xuddi men jang qiladigan vaznda bir necha yil oldin Maykl Bisping bir yarim haftalik chaqiruv asosida o‘sha paytdagi chempion Lyuk Rokxoldga qarshi oktagonga ko‘tarilgan va uni mag‘lubiyatga uchratgan. Nokaut va butun dunyo shokda edi. Vazifam shu kabi holatni o‘zim uchun reallikka aylantirmaslik. Bu boshqa olamda, boshqa zamonda sodir bo‘lishi va boshqa chempionlarga daxldor voqealik bo‘lishi kerak. Aslo menga tegishli emas. Men Shon qaysi holatlarda menga nisbatan zarar yetkaza olishini maksimal tarzda hisob-kitob qilaman.

Bu jangga yengil-yelpi qarab bo‘lmaydi. Raqibimni yerga ham urmayman, ko‘klarga ham ko‘tarmayman. Jang maksimal tarzda men uchun komfort holatda o‘tishi uchun bor kuchim bilan ishlayman. Jang kuni balkim harakatlarim oson bajarilayotgandek ko‘rinar, ammo, buning tagida katta mehnat yotgan bo‘ladi. Striklend ajoyib himoya, kuchli djeb va aqlbovar qilmas xarakterga ega. Uning bu qiziqarli ahmoqligi esa ko‘p hollarda uning foydasiga ishlaydi. Biroq, barchasini o‘z foydamga og‘dirishga maksimal intilaman!"

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Israel Adesanya: "Hech bir raqibimni yerga urmayman!"