date

Rossiya terma jamoasi futbolchilari: Biz hammamiz chiqindilarmiz

Rossiya terma jamoasi futbolchilari: Biz hammamiz chiqindilarmiz

Evro—2016 dagi muvaffaqiyatsiz ishtirokdan keyin Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Leonid Sluskiy «Sports.ru» bosh muharriri Yuriy Dudning savollariga javob qaytardi. Bu haqda «Daryo» xabar berdi.

Jurnalist mutaxassisning 20 iyundan 21 iyunga o‘tar kechasini qanday o‘tkazganiga qiziqib ko‘rganida Sluskiy shunday javob qaytardi: «O‘sha kecha xonamga bir nechta futbolchilar keldi va biz uzoq suhbatlashdik».

Shundan so‘ng Yuriy Dud xonaga kirgan futbolchilar faqatgina «SSKA» a’zolari yoki yo‘qligi borasida savol berdi: — «Boshqalar ham bor edi. Ularning barchasi o‘z darajasi past ekanligini tan oldi. Biz hammamiz jo‘r bo‘lib, hammamiz ahlatmiz deya oldik. Haqiqatni tan olish kerak», — dedi Leonid Sluskiy.

Rossiya terma jamoasi Evro—2016 «C» guruhini 1 ochko bilan so‘nggi o‘rinda yakunladi va o‘tkazilgan 3 ta o‘yinda 6 ta gol o‘tkazib yubordi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Rossiya terma jamoasi futbolchilari: Biz hammamiz chiqindilarmiz