O‘zbekiston U-20 terma jamoamizning yana bir futbolchisi legionerga aylandi

"Bunyodkor" klubi va O‘zbekiston U-20 terma jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov legionerga aylandi. Bu haqda O‘FA matbuot xizmati xabar berdi.
O‘rozov Turkiya Birinchi ligasining "Eyupspor" jamoasi bilan shartnoma imzoladi. Eslatib o‘tamiz, mazkur jamoaga turkiyalik mashhur sobiq futbolchi Arda Turan murabbiylik qiladi.
Ayni vaqtda klub Turkiyaning nufuz jihatidan ikkinchi pog‘onada turuvchi ligasida ilk turni g‘alaba bilan boshlagan.

Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…