Bahodir Jalolov Usik va Joshuaga qarshi jangga tayyorligini ma'lum qildi

Bahodir Jalolov Usik va Joshuaga qarshi jangga tayyorligini ma'lum qildi

Oʻzbekistonlik bokschi Bahodir Jalolov nigeriyalik Onoriode Ehveriemega jangda gʻalaba qozonib, professional boksdagi 13-gʻalabasini nishonladi.

Jangdan soʻng Bahodir promouteri Bob Arumga (Top Rank) murojaat qildi.

Vaqtning, raqibning farqi yoʻq. Usikmi, Joshuami, istalgan raqibga qarshi jang qilishga tayyorman”, — dedi Jalolov.

Eslatib oʻtamiz, Bahodir Jalolov bugun yangi promouteri Bob Arum (Top Rank) boshchiligida ilk jangini oʻtkazdi va nigeriyalik raqibini 1-raunddayoq nokautga uchratdi. U raqiblarining barchasini muddatidan oldin magʻlub etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar