11:43 / 31.08.2023
111

"Metallurg" bosh murabbiyi: "O‘yin avvalidagi reja va taktikamiz ish berdi"

"Metallurg" bosh murabbiyi: "O‘yin avvalidagi reja va taktikamiz ish berdi"

Coca-Cola Superliga 18-turida o‘z uyida “So‘g‘diyona”ni mag‘lub yetgan “Metallurg” klubi bosh murabbiyi Vesko Steshevich g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

“O‘yinni yaxshi boshlay oldik. Dastlabki daqiqalardagi hayajonni yengib o‘tdik va o‘yinni qo‘lga oldik. O‘yin avvalidagi reja va taktikamiz ish berdi. Juda muhim va haqli g‘alaba. Shu bilan birga bugun bizga qattiq qarshilik ko‘rsatgan “So‘g‘diyona”ga ham rahmat. U yerda yosh va juda ambitsiyasi kuchli bo‘lgan hamkasbim ishlayapti. Uning qo‘l ostida jamoa ajoyib o‘ynamoqda va bugun ochkolari sonini ancha ko‘paytirib jadvalda yuqorilab olishdi. Unga va uning jamoasiga omad.

Ikkinchi taymda hisobdagi ustunlikni saqlab qolishni maqsad qilgan holda harakat qildik. Shunga qaramay, o‘yinda yana gol urish uchun vaziyatlar yarata oldik. Shahzod Ubaydullayev ancha imkoniyatlardan foydalana olmadi. O‘yinda yaxshi harakat qildi. Afsuski gol ura olmadi. Buning uchun biroz afsusdaman. O‘yin davomidagi faolligi uchun rag‘bat bo‘lardi.

Bugungi o‘yindagi ajoyib harakatlari uchun shogirdlarimga rahmat. Bugungi o‘yin va shijoat tufayli himoyachilarimizni tanqid qilmagan bo‘lardim.

Nematjonov hozirda jahon chempionatida orttirib olgan jarohatidan qutulmagan. Keyingi yig‘inimizda uning holatini bilib olamiz. Jamoamiz progressiv harakat qilmoqda. Jamoa navbatdagi o‘yinlarini uyda o‘ynamaydi. Ammo muxlislarimiz bizni qayerda o‘ynasak ham, yolg‘izlatib qo‘yishmasligiga ishonaman, bizga bu juda muhim”, - deydi Steshevich.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Metallurg" bosh murabbiyi: "O‘yin avvalidagi reja va taktikamiz ish berdi"