21:42 / 03.09.2023
278

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin

O‘zbekistonlik futbolchi Jaloliddin Masharipov faoliyatini “Persepolis”da davom ettirishi mumkin.

Eronning Borna News sayti xabar berishicha, hozirda erkin agent bo‘lib turgan Masharipov agentlari orqali “Persepolis”ga o‘tmoqchiligini ma’lum qilgan.

Jaloliddin Tehron klubi bilan yiliga 500 ming dollarlik shartnoma imzolashga ham tayyor.

Ma’lumot uchun, o‘zbekistonlik futbolchi avgust oyida “An-Nassr”ni erkin agent sifatida tark etgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Persepolis” klubi OCHLda “An-Nassr” bilan bir guruhdan joy olgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Jaloliddin Masharipov faoliyatini Eronda davom ettirishi mumkin