
Foto: Milliy olimpiya qo‘mitasi
Turkiyaning Mersin shahrida sport gimnastikasi bo‘yicha jahon chellenj kubogi seriyasiga kiruvchi musobaqa bo‘lib o‘tmoqda.
Milliy olimpiya qo‘mitasi xabariga ko‘ra, Oksana Chusovitina ayollar o‘rtasidagi tayanib sakrash dasturida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Oksana Chusovitina o‘zining sevimli dasturida 13.067 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlar mos ravishda turkiyalik Bengisi Yildiz va Cheren Binerga nasib etdi.
Sovrindorlar ro‘yxati:
Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) – 13.067;
Bengisi Yildiz (Turkiya) – 12.950;
Cheren Biner (Turkiya) – 12.950.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.