Bugun O‘zbekiston milliy terma jamoasi uzoq parvozdan so‘ng AQSHga yetib bordi. Endi jamoamiz Toshkent vaqti bilan 10 sentyabr kuni 02:30 da mezbonlar bilan kuch sinashadi.
Mazkur o‘yin oldidan Amerikadagi nashrlar AQSHning taxminiy tarkibini tuzib chiqdi. Unga qo‘shimcha qilib, biz ham termamizning taxminiy tarkibini e’tiboringizga havola etamiz!
AQSH - 4-3-3.
Darvozabon: Mett Tyorner ("Nottingem Forest").
Himoyachilar: Serjino Dest (PSV), Kris Richards ("Kristal Pelas"), Tim Rim ("Fulxem"), Antoni Robinson ("Fulxem").
Yarim himoyachilar: Ueston Makkenni ("Yuventus"), Yunus Musa ("Milan"), Malik Tillman (PSV).
Hujumchilar: Timoti Vea ("Yuventus"), Folarin Balogun ("Monako"), Kristian Pulishich ("Milan").
Bosh murabbiy: Gregg Berxalter.
O‘zbekiston - 3-4-1-2.
Darvozabon: O‘tkir Yusupov ("Navbahor").
Himoyachilar: Husniddin Aliqulov ("Rizespor"), Abdulla Abdullayev (OKMK), Umar Eshmurodov ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor"), Aziz G‘aniyev ("Shabab Al-Ahli"), Otabek Shukurov ("Fotih Karagyumryuk"), Sherzod Nasrullayev ("Nasaf").
Hujumkor yarim himoyachi: Jamshid Iskanderov ("Navbahor").
Hujumchilar: Jaloliddin Masharipov (ayni paytda erkin agent), Eldor Shomurodov ("Kalyari").
Bosh murabbiy: Srechko Katanes.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!