22:40 / 09.09.2023
288

Szeto Man Chun: “O‘zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o‘tdi”

Szeto Man Chun: “O‘zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o‘tdi”

U-23 Osiyo Kubogi saralashi 2-turi doirasidagi Gonkong – O‘zbekiston uchrashuvidan so‘ng Szeto Man Chun matbuot anjumanida ishtirok etdi.

- Avvalambor gonkonglik barcha muxlislarimizdan uzr so‘raymiz. Ular bizni yaxshi qo‘llab — quvvatlashdi, biroq biz ular istagan o‘yinni ko‘rsata olmadik.

Avvalgi turda Eron sizlarga 3 ta gol urdi, O‘zbekiston esa 10 ta. Uchinchi turda esa Eron va O‘zbekiston o‘zaro bahs olib boradi. 2 ta o‘yindan kelib chiqib, kimni favorit deb hisoblaysiz?

- Ikki jamoa ham juda kuchli. Eronga qarshi uchrashuvda yetarli darajada himoyala olmadik va hujumdagi vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bugungi uchrashuvda ham biz o‘z rejalarimizni amalga oshira olmadik. Menimcha, O‘zbekiston Eronga nisbatdan kuchliroq, ularning hujum chizig‘i ancha kuchli. O‘zbekistonning hujumchilari ancha mahoratli ekan.

Tanaffusdan so‘ng so‘ng sizda ikkinchi bo‘lim uchun B rejasi bormidi?

- Barcha o‘yinimizni birinchi bo‘limda ko‘rsatib bo‘ldik. Ikkinchi bo‘limda taktikani o‘zgartirdik va 2 ta hujumchi bilan harakat qildik. Eronga qarshi bahsga nisbatdan bugun ochiqroq o‘yin ko‘rsatdik. Ikkita hujum bilan harakat qilganimizdan so‘ng himoyamizda ochiq joylar ko‘payib ketdi. O‘zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o‘tdi.

Afg‘onistonga qarshi bo‘lajak uchrashuv haqida nima deya olasiz?

- Afg‘oniston terma jamoasi jismoniy jihatdan kuchli jamoa. Biz turnirga qadar mamlakatimizda to‘rtta o‘yinda o‘ynadik va shu sababli bizda biroz charchoq bordek. Menimcha, Afg‘onistonga qarshi uchrashuvda raqiblarimiz biroz favorit bo‘lsa kerak.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Szeto Man Chun: “O‘zbekistonning hujumchilari himoyamizni qiyinchiliksiz yorib o‘tdi”