O‘melli: "Merab Yanni yengishi uchun 5 raund kerak bo‘ldi, menga esa 3"

O‘melli: "Merab Yanni yengishi uchun 5 raund kerak bo‘ldi, menga esa 3"

Eng yengil vazn toifasi UFC chempioni Shon O'melli Merab Dvalishvilini kamsitishga Pyotr Yan bilan jangni misol qilib keltirdi.

"Merabga Yanni mag‘lub etish uchun 5 raund kerak bo‘ldi. Menga esa 3 raund yetarli", - dedi 28 yoshli chempion.

Eslatib o‘tamiz, Pyotr Yan 2022 yil oktyabr oyida Shon O'melliga ochkolar hisobiga ko‘ra mag‘lub bo‘ldi. 3 raundga mo‘ljallangan jang UFC 280 turnirida bo‘lib o‘tgan.

2023 yil mart oyida esa Merab Dvalishvili UFC Fight Night turnirida hakamlar qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. To‘qnashuv 5 raund to‘liq davom etgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar