OCHL guruh bosqichi o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan ikki jamoa - "Nasaf" hamda OKMK FIFA kunlari sababli yuzaga kelgan tanaffusda Olmqliqda nazorat uchrashuvi o‘tkazdi.
Birinchi bo‘limda maydon egalari Martin Boake va Oybek Rustamovlarning gollari evaziga hisobda oldinga o‘tib olishdi. 28-daqiqada "Nasaf" futbolchisi Oybek Bozorov olmaliqliklar jarima maydinchasiga kirib bordi hisobni qisqartirdi - 2:1.
Ikkinchi bo‘limda Jaba Jigauri, Javohir Sidiqov, Suhrob Nurulloyev va Marko Stanoyevichlarning gollari evaziga qarshiliklar hisobda oldinga o‘tib oldi. OKMK a’zosi Baxtiyor Qosimovning olis masofadan kiritgan goli uchrashuvdagi so‘nggisi bo‘lgan.
Nazorat o‘yini.
12 avgust, seshanba
OKMK — "Nasaf" 3:5
Gollar: Boake (10), Rustamov (22) B.Qosimov (89) — Bozorov (28), Jigauri (58), Siddiqov (61 pen), Nurulloyev (63), Stanoyevich (66 pen)
OKMK: 25.Valijon Rahimov — 7.Dilshodbek Ahmadaliyev, 3.Sardor Rahmonov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 2.Akramjon Komilov — 15.Oybek Rustamov, 17.Sanjar Tursunov (C), 9.Ruben Sanches — 22.Shohruh Gadoyev, 27.Martin Boake, 10.Xurshid G‘iyosov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 12.Dilshodbek Yoqubov — 4.Mirjamol Qosimov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Baxtiyor Qosimov, 14.Mirjahon Mirahmadov, 19.Muhammadanas Hasanov, 88.Siavash Xaqnazariy.
"Nasaf": 54. Adham Musulmonov, 5. G‘olib G‘aybullayev, 8. Zafarmurod Abdirahmatov, 17. Suhrob Nurulloyev, 18. Bahrom Abdurahimov, 19. Lima Kruz, 25. Bekjon Rahmatov, 28. Shuhrat Muhammadiyev, 77. Oybek Bozorov, 88. Marko Stanoyevich, 99. Azizbek Amonov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: 9. Javohir Sidiqov, 21. Doniyor Narzullayev, 32. Zafar Hakimov, 70. Jaba Jigauri.
Ogohlantirishlar: G‘aybullayev (37), Amonov (59), Nurulloyev (75)
Manba: "Nasaf" matbuot xizmati
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!