date
views 363

O‘zbekiston Meksikaning kambek qilishiga yo‘l qo‘ymadi va mag‘lubiyatni durangga aylantirdi

O‘zbekiston Meksikaning kambek qilishiga yo‘l qo‘ymadi va mag‘lubiyatni durangga aylantirdi

Meksika va O‘zbekiston o‘rtasida bo‘lib o‘tgan o‘rtoqlik bahsi 3:3 hisobi bilan o‘z nihoyasiga yetdi.

Dastlab, 18-daqiqada Bobir Abdixoliqov boshi bilan gol urib, hisobni ochgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay Raul Ximenes imkoniyatlarni tenglashtirib qo‘ydi. Taym so‘nggida esa Azizbek Turg‘unboyev vatandoshlarimizni olinga olib chiqdi. Ammo o‘yinning so‘nggi daqiqalarida meksikaliklar 2 ta gol urdi. Uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarda Otabek Shukurov super goli bilan jamoani qutqarib qoldi.

Meksika - O‘zbekiston 3:3

AQSH, Atlanta, "Mersedes Bens" stadioni.

Gollar: Ximenez (21), - Bobir Abdixoliqov (18), Azizbek Turg‘unboyev (45+1), Raul Ximenes 80, 2:2, Otabek Shukurov 90+1, 3:3

Meksika: Ochoa, Alvarez, Vazkez, Sepulveda, Angulo, E.Alvarez, Rodrigez, Pineda, Xuerta, Alvarado, Ximenez.

O‘zbekiston: 1.O‘tkir Yusupov, 4.Farruh Sayfiyev, 7.Otabek Shukurov, 9.Odil Hamrobekov, 10.Jaloliddin Masharipov, 19.Aziz Turg‘unboyev, 15.Umar Eshmurodov, 18.Abdulla Abdullayev, 17.Bobir Abdixoliqov (Oston O‘runov, 70) 22.Dilshod Saitov (Sherzod Nasrullayev, 46) 23.Husniddin Aliqulov.

Ogohlantirishlar: Xesus Angulo (Meksika) 26, Husniddin Aliqulov (O‘zbekiston) 38, Jilberto Sepulveda (Meksika) 54

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Meksikaning kambek qilishiga yo‘l qo‘ymadi va mag‘lubiyatni durangga aylantirdi