Amerikaliklarning ishi: Pogbaning organizmiga doping qanday tushgani aniqlandi

Amerikaliklarning ishi: Pogbaning organizmiga doping qanday tushgani aniqlandi

“Yuventus” yarim himoyachisi Pol Pogbaning doping testi musbat natija berganidan keyin uning organizmiga ta’qiqlangan modda qanday tushganini aniqlash ishlari olib borildi.

La Gazzetta dello Sport nashrining yoshigicha, Pogba AQSHda xarid qilingan ozuqaviy qo‘shimchalarni iste’mol qilishi oqibatida bu  holat yuzaga kelgan. 30 yoshli futbolchi bu moddani amerikalik shifokor do‘sti tavsiyasiga ko‘ra iste’mol qilgan.

Ta’kidlanishicha, klub va tibbiyot bo‘limi vakillari Pogbaning bu qo‘shimchani iste’mol qilayotganidan bexabar bo‘lgan.

Hozircha, fransiyalik yarim himoyachi vaqtincha futboldan chetlatildi. “Yuventus” esa, u bilan shartnomani bekor qilishga urinmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar