Fransiya chempionatining 4-turidan o‘rin olgan "Lans" - "Mes" bahsi mehmonlarning 0:1 hisobidagi g‘alabasi bilan tugadi.
O‘yinning 37-daqiqasida Asoro boshi bilan gol urib, jamoasini oldinga olib chiqdi. Uchrashuvda boshqa gol urilmadi va hisob 0:1 holida tugadi. Mazkur uchrashuvda Abduqodir Husanov debyutini amalga oshirdi.
Ushbu mag‘lubiyatdan keyin "Lans" turnir jadvalida 17-o‘ringa tushib ketdi.
Lans – Mets 0:1 (0:1, 0:0)
Gol: 0:1 – 37 Asoro.
Lans – Samba, Agilyar (Frankovski, 63), Gradi, Danzo, ABDUQODIR Husanov (Diuf, 72), Machado (Mauassa, 63), Tomasson, Fyuljeni (Said, 63), Abdul-Samed, Sotoka, Vai (Gilavogi, 73).
Mets – Ukidja, Kuao, Erey, Kande, Yudol, Kamara (Maiga, 73), Ndoram, Sabali (Jan-Jak, 73), Ndyukidi, Estupinyan (Elizor, 62), Asoro (van den Kerkxof, 62).
Ogohlantirishlar: Asoro (33), Kande (64), Vai (64).