date
views 334

A Seriya. Shomurodov yarim soat o‘ynagan bahsda "Kalyari" durang natija qayd etdi

A Seriya. Shomurodov yarim soat o‘ynagan bahsda "Kalyari" durang natija qayd etdi

Italiya A Seriyasining 4-turidan o‘rin olgan "Kalyari" - "Udineze" bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar 0:0 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuvda ikki jamoada ham ko‘plab imkoniyatlar yuzaga keldi. Biroq bellashuvda hisob ochilmadi.

"Kalyari" safida to‘p tepadigan hamyurtimiz Eldor Shomurodov 60-daqiqada zaxiradan maydonga tushirildi.

Shu tariqa, "Kalyari" 1 ochkoni qo‘lga kiritib, 2 ochko bilan turnir jadvalida 18-o‘ringa chiqib oldi. "Udineze" 3 ochko to‘plagan holda 16-o‘rinni band etgan.

Kalyari – Udineze 0:0

Kalyari – Radunovich, Zappa (Nandes, 79), Veteska, Xatsidyakos (Obert, 80), Dossena, Aujello (Atssi, 66), Deyola, Makumbu, Prati (Di Pardo, 80), Luvumbu, Pavoletti (Shomurodov, 60).

Udineze – Silvestri, Ebosele (Joau Ferreyra, 72), Kabasele (Eboss, 38; Gessan, 46), Biyol, Peres, Kamara, Uolas, Lovrich (Payero, 72), Samardjich, Toven (Pereyra, 82), Lukka.

Ogohlantirishlar: Veteska (59), Toven (63).

Cheltatish: Veteska (90+5)

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » A Seriya. Shomurodov yarim soat o‘ynagan bahsda "Kalyari" durang natija qayd etdi