date
views 589

Raneri Shomurodovga o‘yindan oldin nima deganini aytdi

Raneri Shomurodovga o‘yindan oldin nima deganini aytdi

A Seriyaning to‘rtinchi turida “Kalyari” o‘z maydonida “Udineze” jamoasini qabul qildi. Har ikki jamoa faqat g‘alaba uchun harakat qilgan bahsda golsiz durang qayd etildi.

Hozircha, ochkolari sonini ikkitaga yetkazib olgan sardiniyaliklar musobaqa jadvalida xavfli hududdan chiqib keta olgani yo‘q. Uchrashuvdan keyin “Kalyari” bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.

Qoniqarsiz natija

Natija meni umuman qoniqtirgani yo‘q. Lekin jamoa ko‘rsatgan o‘yindan mamnunman. Biz jismonan kuchli jamoaga qarshi o‘ynadik va shogirdlarimdan qat’iyatli bo‘lishni so‘ragan edim. Bu eng to‘g‘ri yo‘l. Prati juda yaxshi harakat qildi. U o‘zini biz bilan uzoq vaqtdan beri birga o‘ynayotgandek tutdi.

Shomurodovga tanbeh

Biz uchrashuvdan oldin Eldor Shomurodovga kimki “Kalyari”da o‘ynasa, sherdek olishishi kerak, xato qilsa ham mayli, lekin maydonda borini berishi kerakligini uqtirdik. Bugun u maydonga tushishi bilan ana shunday o‘ynadi. Men Shomurodovning o‘yinidan qoniqdim. Shuningdek, darvozabonimiz Boris Radunovich bilan ham gaplashgandim. Darvozabonimiz ham  yaxshi o‘ynab, natija qilib berdi.

Juda issiq

O‘yin vaqtida haroratning issiqligi va namlikning o‘ta yuqori bo‘lgani bizni ham “Udineze” futbolchilarini ham holdan toydirdi. Biz yaxshi o‘yin ko‘rsatdik, to‘g‘ri yo‘ldamiz.

Boy berilgan imkoniyat

Deyolaning o‘zida 3-4 marta qulay vaziyat bo‘ldi. Dossena ham golli vaziyatni barbol qildi. Biz har bir to‘p uchun kurashishimiz kerak. Biz maydonda yutqazishimiz, imkoniyatni boy berishimiz mumkin, lekin hech qachon taslim bo‘lmaymiz.

Himoyadagi yangilik

Himoyada ikki nafar yangi o‘yinchimiz yaxshi harakat qildi. Xatsidiakos  safimizga qo‘shilganiga bir hafta bo‘ldi. Keling, hammaga biroz vaqt beraylik.

Xatolar bo‘ldi

Bugun biz kichik xatolarga yo‘l qo‘ydik. Taktik harakatlarda yanada aniqroq o‘ynashimiz kerak. Agar biz ikkita yoki uchta gol urganimizda hech kim e’tiroz qilmasdi. Biz bu gal ham ustunligimizdan foydalana olmadik.

A Seriyada mag‘lubiyat ko‘p bo‘ladi

Men o‘z o‘yinchilarimga A Seriyada quyi ligadagidan ko‘p mag‘lub bo‘lishimiz mumkinligini tushuntirganman. Biz ketma-ket juda kuchli jamoalar bilan to‘qnash kelamiz. Endi bor e’tiborni keyingi raqib – “Atalanta”ga qaratamiz.

Ta’kidlash joizki, “Kalyari” A Seriyadagi navbatdagi uchrashuvni 24 sentyabr kuni o‘tkazadi. Klaudio Raneri shogirdlari Bergamo shahrida “Atalanta” mehmoni bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Raneri Shomurodovga o‘yindan oldin nima deganini aytdi