date
views 260

Bugun OKMK, "Nasaf" va "Navbahor" OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi

Bugun OKMK, "Nasaf" va "Navbahor" OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi

Bugun uchta klubimiz Osiyo chempionlar ligasi guruh bosqichidagi yurishini boshlaydi.

Olmaliqning OKMK jamoasi safarda Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" jamoasiga qarshi o‘ynaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 21:00da start olishi rejalashtirilgan.

Iordaniyaning "Al Faysali" jamoasi Qarshining "Nasaf" klubini mehmon qiladi. Bu bellashuv ham 21:00da start oladi.

Yana bir bahs "Qirol Fahd" stadionida o‘tkaziladi. Unda "Al-Hilol" va "Navbahor" jamoalari kuch sinashadi. Ushbu o‘yin 23:00da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bugun OKMK, "Nasaf" va "Navbahor" OCHL guruh bosqichidagi ishtirokini boshlaydi