date

Zika virusi rumin go‘zalini Olimpiadadan mahrum qildi

Zika virusi rumin go‘zalini Olimpiadadan mahrum qildi

WTA reytingining 5-raqamli tennischisi Simona Xalep kelasi oyning 6-14 sanalarida Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

Ming afsuski, Rio Olimpiadasida ishtirok etmaslikka qaror qildim. Bunday qaror qabul qilishga Janubiy Amerikada tarqalayotgan Zika epidemiyasi sabab bo‘ldi. Shifokorlar bilan bo‘lgan suhbatdan so‘ng oilam bilan sog‘ligimni xavf ostiga qo‘ymaslikka qaror qildim.

Oilam men uchun katta ahamiyatga ega. Tavakal qilishni istamayman va kareramni yakunlagandan so‘ng uni yana qaytarish imkoniyatini yo‘qotishni istamayman. Bilaman, Olimpiada juda muhim turnir. Barchasi uchun afsusdaman. Umid qilamanki, Ruminiya olimpiya qo‘mitasi va barcha fuqarolar qarorimni tushunadi, – deb yozadi Xalep Facebook ijtimoiy sahifasida.

Xalep ayollar tennis uyushmasi (WTA)ning 12ta sovrinni qo‘lga kiritgan.

Avvalroq kanadalik tennischi Milosh Raonich ham Olimpiadada ishtirok etmasligini ma’lum qilgan edi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Zika virusi rumin go‘zalini Olimpiadadan mahrum qildi