date
views 297

Samvel Babayan: "Al Hilol"ga qarshi javob uchrashuvida hujumkor o‘yin namoyish etamiz"

Samvel Babayan: "Al Hilol"ga qarshi javob uchrashuvida hujumkor o‘yin namoyish etamiz"

"Navbahor" bosh murabbiyi Samvel Babayan "Al Hilol"ga qarshi bahsdan keyin (1:1) fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Biz Osiyoning eng kuchli jamoalaridan biriga qarshi o‘ynadik. Uchrashuvga yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Futbolchilarning intizomi, shuningdek, o‘yinga bo‘lgan motivatsiyasi tufayli yaxshi natijaga erishdik.

Mag‘lubiyatga uchramaganimizdan xursandman. "Al Hilol"dek klubga qarshi bahsda vaqt cho‘zish normal holat. Futbolchilarimiz atayin vaqt cho‘zishmadi. Jarohatlar sababli to‘xtalishlar yuzaga keldi. Qolaversa, bu yo‘qotish uchun hakam tomonidan keragidan ortiq vaqt qo‘shildi.

Saudiya Arabistoni klubida zaif nuqtaning o‘zi yo‘q. Shunga qaramay, qarshi hujumdan unumli foydalanishga muvaffaq bo‘ldik. Javob uchrashuvida hujumkor o‘yin namoyish etamiz", - dedi Babayan.

"D" guruhidagi ikkinchi bahsda Eronning "Nassaji" klubi safarda Hindistonning "Mumbay Siti" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, peshqadam bo‘lib oldi. "Navbahor"ning OCHLdagi keyingi o‘yini 3 oktyabr kuni Namanganda "Mumbay Siti"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Samvel Babayan: "Al Hilol"ga qarshi javob uchrashuvida hujumkor o‘yin namoyish etamiz"