date
views 213

Nunu Eshpiritu Santu: "Karim Benzema o‘zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berdik"

Nunu Eshpiritu Santu: "Karim Benzema o‘zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berdik"

“Al Ittihod” — OKMK (3:0) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santu matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"O‘yinni ajoyib ruhda boshladik, yaxshi pressing tashkillashtirgan holda raqib darvozasiga birin-ketin ikkita to‘p kiritdik. Raqib darvozasi yonida xavfli hujumlar tashkil etdik hamda birinchi bo‘limni to‘liq o‘z nazoratimiz ostida o‘tkazdik.

Ikkinchi bo‘limda ko‘proq to‘pga egalik qilishga e’tibor qaratdik va o‘yin nazoratini qo‘lga oldik. Jamoaning jismoniy holati pasayishi normal holat. Endilikda payshanba kuni o‘tkaziladigan "Al Fath"ga qarshi bellashuvga qadar tiklanishimiz hamda yaxshi tayyorgarlik ko‘rishimiz muhim ahamiyat kasb etadi.

Ikki bo‘limning turlicha o‘tishi futbolda normal holat hisoblanadi. Ba’zida hisobda oldinga chiqib olib, o‘yin nazoratini qo‘lga olganingizda, bo‘shashish yuzaga keladi. Kelgusida bu nuqsonlarni to‘g‘rilashga harakat qilamiz.

Kecha matbuot anjumanida ko‘rganingizdek, Karim Benzema o‘yinga shay holatda edi, lekin oxirgi mashg‘ulotda u o‘zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berishga qaror qildik. Aslida, uning jarohati jiddiy emas", dedi portugaliyalik mutaxassis.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Nunu Eshpiritu Santu: "Karim Benzema o‘zini noqulay his etdi, shu bois unga dam berdik"