date
views 312

"Hamma kallar ham Gvardiola emas"

"Hamma kallar ham Gvardiola emas"

"Bavariya" YECHL 1-turida MYUni osonlik bilan 4:3 hisobida taslim etdi. Hisob o‘yin jangovar o‘tganini aks ettiradi, ammo bu aldamchi taassurot, o‘yinni ko‘rmaganlar uchun. Myunxenliklar shunchaki zerikib qoldi ayrim daqiqalarda. Xafsalasiz harakat qildi.

Bor kuch bilan o‘ynash uchun qarshingda oyoqda turgan raqib bo‘lishi kerak, "qizil iblislar" esa 2:0'dan keyin jon taslim qilib bo‘lgandi.

"Qani urib ko‘rchi, ha barakalla, bo‘larkan-ku", dedi "Yunayted" hisobda yaqinlashgani sari. O‘zlari ham xotirjamlikni saqlash uchun yana farqni tiklab qo‘yaverdi. Hisob 4-4 yoki 3-3 bo‘lganda ham g‘olib va mag‘lub aniq edi, men uchun.

Ten Xag ketishi kerakmi yoki qolishi, bilmadim. MYU o‘z yo‘lini topib olishi kerak, lekin. Bu jamoa na chiroyli o‘ynashni va na natijaga o‘ynashni biladi.

Hamma kallar ham Gvardiola emas. Hamma sariqlar ham.... Mayli, buguncha Xoylundga indamay turamiz.

 Xudayqulov Karim

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Hamma kallar ham Gvardiola emas"