date
views 363

WBO reytingi yangilandi. Bokschilarimiz qayd etilgan o‘rinlar bilan tanishing!

WBO reytingi yangilandi. Bokschilarimiz qayd etilgan o‘rinlar bilan tanishing!

Butunjahon boks ittifoqi (WBO) sentyabr oyi uchun yangilangan reytingini e’lon qildi. Reytingdan 7 nafar bokschimiz o‘rin olgan:

- 50,8 kg vazndagi vakilimiz Olimjon Nazarov avvalgi oydagi kabi 2-o‘rinda qayd etilgan.

- 55,3 kg vaznda Murodjon Ahmadaliyev bu oy ham 6-o‘rinni egalladi.

-57,1 kgda Otabek Xolmatov avvalgi oydagidan bir pog‘ona yuqorilashga erishib, 13-o‘rinda qayd etildi.

- 63,5 kgda Shohjahon Ergashev o‘tgan oydagi singari 3-o‘rinda joylashgan.

- 66,6 kg vazndagi vakilimiz Shahram G‘iyosov da ham o‘tgan oydagi kabi -7-o‘rinda qolgan.

-69,8 kgda Isroil Madrimov ham o‘tgan oydagi kabi 13-o‘rinni band etgan.

- 76,2 kgdagi hamyurtimiz Bektemir Meliqo‘ziyevda ham o‘zgarish yo‘q.U 9-o‘rinni band etib turibdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » WBO reytingi yangilandi. Bokschilarimiz qayd etilgan o‘rinlar bilan tanishing!