A Seriya debyutanti “Kalyari” chempionatning oltita o‘yinida atigi ikki ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalining so‘nggi pog‘onasini egallab turibdi.
Jamoaning asosiy darvozaboni Boris Radunovich golga olib kelgan xatolarga yo‘l qo‘ymoqda. Xususan, serbiyalik posbon “Bolonya”ga qarshi o‘tkazilgan bahsda to‘pni qo‘lidan chiqarib yuborganidan keyin raqib so‘nggi daqiqada g‘alaba golini urgan edi.
Oltinchi turda “Milan”ga qarshi bellashuvda ham Radunovichning xatosi “Milan”ning ikki goliga zamin yaratdi.
Ma’lumotlarga qaraganda, bosh murabbiy Klaudio Raneri “Fiorentina” bilan bo‘ladigan keyingi bellashuvda darvozani yozda “Kluj” klubidan transfer qilingan Simolne Skaffetga topshirishga qaror qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar