date
views 209

PSJdan "Al Sadd"ga o‘tgan fransiyalik futbolchi "Nasaf"ga qarshi o‘ynay olmaydi

PSJdan "Al Sadd"ga o‘tgan fransiyalik futbolchi "Nasaf"ga qarshi o‘ynay olmaydi

2 oktyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 2-turi doirasida O‘zbekistonning "Nasaf" va Qatarning "Al Sadd" klublari bellashadi.

Arab mamlakati jamoasi Qarshiga bir qancha yo‘qotishlar bilan tashrif buyuradi. Jumladan, Fransiyaniing PSJ klubidan ijaraga olingan hujumchi Ilyos Husniyni klub turnir uchun ro‘yxatdan o‘tkaza olmadi. Shu sababli u ilk turni ham o‘tkazib yuborgandi.

Shu bilan birga, tajribali himoyachi Pedro Migel va braziliyalik hujumchi Gilerme Torres ham jarohati sababli bo‘lajak uchrashuvda qatnasha olmaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » PSJdan "Al Sadd"ga o‘tgan fransiyalik futbolchi "Nasaf"ga qarshi o‘ynay olmaydi