Las-Vegasda boks oqshomi bo‘lib o‘tdi, kechaning asosiy jangida Saul Alvares (60-2-2? 39 KO) va Jermell Charlo (35-2-1) super o‘rta vazn (76 kg) mutlaq chempionligi uchun ringga ko‘tarildi.
To‘qnashuv to‘liq 12 raund davom etdi va yakunda bir ovozdan "Kanelo" g‘alaba qozondi - 119-108, 118-109, 118-109.
Mazkur jang uchun Charlo ikki vazn yuqoriga ko‘tarilishga majbur bo‘lgan edi.
"Kanelo" esa, super o‘rta vazn toifasidagi mutlaq chempinolik maqomini saqlab qoldi. Bungacha u Jon Rayder va Gennadiy Golovkinga qarshi ikkita himoya jangini muvaffaqiyatli tugatgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar