Brunu Pineyru: "Qolgan bahslarning barchasida g'alaba qozonishga majburmiz, boshqa variantimiz yo'q"
"Nasaf" hamda "Al Sadd" uchrashuvidan (3:1) so‘ng mehmon jamoa ustozi Brunu Pineyru matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Nasaf" g‘alabaga munosib o‘yin namoyish etishdi. Ularni tabriklayman".
- "Nasaf"ni mag‘lub etish uchun "Al Sadd"ga nima yetishmadi, kechagi matbuot anjumanida boshqacha kayfiyatda izoh bergan edingiz.
- Ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. "Nasaf"ning birinchi goligacha yaxshi o‘ynadik, e’tiborsizlikka yo‘l qo‘ydik. Qaytishga urindik, biroq futbolchimiz chetlatildi. Hech bo‘lmasa hisobni 3:2 ko‘rinishga keltirmoqchi edik.
- Akrom Afifning agressiv harakatlariga qanday izoh bera olasiz?
- Afif agressiv o‘yin ko‘rsatdi deb o‘ylamayman. U nega qizil kartochka olganini bilmayman. Muloqotda nimalar deyilganini eshitmadim.
- "Al Sadd" jamoasida ispan futbolining ta’siri katta bo‘lgan. Jamoadagilarga portugal futbolini joriy qilish qiyin bo‘lyaptimi?
- Murabbiy qaysi mamlakatdan kelganining ahamiyati yo‘q. Futbolda hammaning o‘z qarashlari va uslubi bor. Ayni damda mening vazifam jamoaning avvalgi uslubini yanada rivojlantirish. "Al Sadd" doimo yetakchi jamoa bo‘lgan va men bu uslubni saqlab qolishga harakat qilaman.
- Jamoa sardorini almashtirishga nima majbur qildi? "Nasaf"ning o‘yini Qatarning qaysi klubi saviyasiga yaqin?
- Bu normal holat. O‘yinga o‘zgartirish maqsadida yangi futbolchini maydonga tushirdik. "Nasaf"ni aniq bitta jamoaga o‘xshata olmayman. Bu jamoaning himoyadan hujumga o‘tishi va qarshi hujumlardagi harakatlari ligamizdagi ko‘p jamoalarga o‘xshab ketadi.
- Keyingi o‘yinlar va guruhdagi raqiblar haqida nima deya olasiz?
- Qiyin vaziyatdamiz. Qolgan bahslarning barchasida g‘alaba qozonishga majburmiz. Boshqa variantimiz yo‘q.
- Kecha "Al Sadd"ning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori edi, jamoaga nima bo‘ldi?
- Ochig‘i so‘nggi kunlarda juda ko‘p o‘yinlar o‘tkazib yubordik. Futbolchilarga e’tirozim yo‘q. Taqvim og‘ir keldi. FIFA kunlarida 20ga yaqin futbolchi terma jamoalarga jalb qilinadi. Charchoqlar "Al Sadd"ni tark etmayapti va bu narsa bizga halal beryapti.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring