date
views 147

Xong Xyun Seok: "Birinchi golda qo‘llanilgan kombinatsiya murabbiylar shtabining g‘oyasi edi"

Xong Xyun Seok: "Birinchi golda qo‘llanilgan kombinatsiya murabbiylar shtabining g‘oyasi edi"

Osiyo o‘yinlarining 1/2 finalidan o‘rin olgan Koreya Respublikasi — O‘zbekiston (2:1) uchrashuvidan keyin koreyslar futbolchisi Xong Xyun Seok taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Qiyin uchrashuv o‘tkazdik. Bugungi g‘alaba maydonga tushgan va tushmagan futbolchilar hamda murabbiylar shtabining birgalikda erishgan natijasidir. Yaponiyaga qarshi bahs hal qiluvchi o‘yin bo‘lgani sababli borimni beraman va oltin medalni qo‘lga kiritaman.

Birinchi golda qo‘llanilgan kombinatsiya murabbiylar shtabining g‘oyasi edi va bir kun avval ushbu uslub ustida ishlagandik. Guvohi bo‘lganingizdek, ushbu g‘oya amalda samara berdi. Finalda o‘tgan yilgi mag‘lubiyat uchun Yaponiyadan revansh olmoqchimiz. Ishonchim komilki, biz g‘alaba qozona olamiz", — dedi koreyalik yarim himoyachi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xong Xyun Seok: "Birinchi golda qo‘llanilgan kombinatsiya murabbiylar shtabining g‘oyasi edi"