07:00 / 08.10.2023
170

Vitaliy Levchenko: "O‘yindan keyin murabbiyning kayfiyati yomon bo‘lishi mumkin. Bu normal holat"

Vitaliy Levchenko: "O‘yindan keyin murabbiyning kayfiyati yomon bo‘lishi mumkin. Bu normal holat"

Coca Cola Superligasi 21-turidan o‘rin olgan “Nasaf” – “Neftchi” uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Vitaliy Levchenko matbuot anjumanida qatnashdi.

O‘yin haqida

- Bugungi o‘yinda mag‘lubiyatga loyiq emasdik. To‘g‘ri, yomon o‘ynamadik, ammo baʼzi vaziyatlarda konsentratsiya yetishmadi. Muhim vaziyatlardagi bu kamchilik bizga gollar olib keldi. O‘yin teng kechdi. Omad bugun “Nasaf”ga kulib boqdi.

- “Nasaf” sizda qanday taassurotlar qoldirdi?

- “Nasaf” yaxshi jamoa. O‘zingiz ham bilasiz-ku.

- Sizga nima yetishmadi?

- Konsentratsiya.

- O‘yin oxirida nima yuz berdi? Aksariyat murabbiylar o‘yindan keyin raqibni g‘alaba bilan tabriklaydi va mag‘lubiyatni tan oladi...

- Men raqib jamoa murabbiyini ko‘rmaganga olmadim. O‘yindan oldin murabbiylar ko‘rishmasa bu narsaga oddiy qaraladi. O‘yindan keyin qaysidir murabbiyning kayfiyati yomon bo‘lishi mumkin. Bu normal holat. Hammaning o‘z huquqlari bor. Sizlar meni nimadadir ayblayapsizlarmi? Murabbiy o‘yindan hafsalasi pir bo‘ldi va ichkariga kirib ketdi. Nega menga provokatsion savollar beryapsizlar?

- Abdullo Olimov va Sunnatilloning deyarli maydonga tushmayotgani nima bilan bog‘liq?

- Jarohat, ular xatto bu yerga kelishmadi ham.

- “Neftchi”ning mavsum oldidagi vazifasi saqlanib qoladimi?

- Yana qaytaraman, men ommani to‘lqinlantirib yuboradigan gaplar gapirishni istamayman. Men tartibli insonman. Mavsum oxirida “Neftchi” nechanchi o‘rinda bo‘lishini ko‘ramiz. O‘shanda “Neftchi” nechanchi o‘rinni olganini aytaman.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vitaliy Levchenko: "O‘yindan keyin murabbiyning kayfiyati yomon bo‘lishi mumkin. Bu normal holat"