07:56 / 12.10.2023
292

Bayramga tayyorgarlik yoxud "Lokomotiv"ning sherigi aniq...mi?

Bayramga tayyorgarlik yoxud "Lokomotiv"ning sherigi aniq...mi?

Chempionatimizda kichik karvon manziliga yaqinlashib qoldi. Gap Superligadan keyingi o‘rinda turuvchi pro liga haqida ketmoqda. Yaqinda Toshkentning “Lokomotiv” klubi muddatidan ilgari Superliga yo‘llanmasini naqd qilib qo‘yganidan xabardor bo‘lsangiz kerak.

Barchani ikkinchi yo‘llanma egasi kimga nasib qilishi qiziqtiryapti. Buning uchun ikkita asosiy nomzod bo‘lib, ular “Dinamo” bilan “Qo‘qon-1912” jamoalari ekanini yaxshi bilasiz. 9 oktyabr kuni ushbu klublar pro liganing 20-turida Qo‘qonda kuch sinashdilar. Bu jamoalar uchun muhim va hal qiluvchi o‘yin kabi katta ahamiyatga ega edi.

Ayniqsa, “Qo‘qon-1912” uchrashuvda g‘alaba qozonadigan bo‘lsa, “Dinamo”dan oldinga o‘tib olishi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri Superligaga yo‘l olish imkoniyatini yaxshilab olishi mumkin bo‘lardi. Shuning uchun klublar g‘alaba uchun qattiq kurashishdi. Lekin uch ochkoni qo‘lga kiritish hech kimga nasib etmadi va jamoalar faqat bir ochkodan bo‘lishib oldilar.

Bu durangdan kim yutdi? Albatta, “Dinamo”. Boisi, ular o‘z o‘rni – 2-pog‘onani saqlab qoldi. Pro liga yakun topishiga bor-yo‘g‘i ikkita tur qoldi. E’tiborlisi, “Dinamo”da ikkita, “Qo‘qon-1912”da bitta o‘yin qoldi. Hozirgi shu holatga ko‘ra qo‘qonliklar “Dinamo”dan bitta ko‘p o‘yin o‘tkazishgan. Shu bois oxirgi ikkita turda samarqandliklar to‘liq o‘yinlarini o‘tkazadilar. 14 oktyabr sanasida “Dinamo” o‘z uyida “G‘ijduvon”ni qabul qiladi.

Vadim Abramov jamoasida muddatidan avval Superligaga chiqish imkoniyatini o‘z qo‘lida saqlab turibdi. Buning uchun “G‘ijduvon”ni mag‘lub etishlari lozim. Birinchi davrada “Dinamo” ushbu raqibi bilan 2:2 hisobida durang o‘ynagandi. Bu safar samarqandliklar g‘alaba uchun bor kuchini ishga solishi aniq.

“Qo‘qon-1912” so‘nggi turda aynan safarda “G‘ijduvon” mehmoni bo‘ladi. Qo‘qondagi durang mezbonlar uchun qoniqarli natija bo‘lmaganini ushbu vaziyatdan ham bilib olsa bo‘ladi. Agar “Dinamo” 14 oktyabr kuni g‘alaba qozonsa, bayram bo‘ladi va o‘tgan yili Superligadan tushib ketgan ikki jamoa yana o‘z joyiga qaytishni uddalaganiga guvoh bo‘lamiz. Shuning uchun Samarqand jamoasi bayramga tayyorlanayotgan bo‘lsa ajab emas.

“Qo‘qon-1912”da hali ham Superliga uchun imkon bor. Faqat buning uchun 3-o‘rinni saqlab qoladigan bo‘lsa, 4- va 5-o‘rin egalari pley-offda o‘ynab, so‘ng yutgani “Qo‘qon-1912”ga raqib bo‘ladi. Uning g‘olibi esa keyin Superligada 12-o‘rinni egallagan klub bilan bellashadi. Ammo qo‘qonliklarda ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri Superligaga chiqish imkoniyati yo‘q emas. Sharti shundaki, “Dinamo” ikkita uchrashuvda yutqazishi, “Qo‘qon-1912” esa yagona qolgan o‘yinida yutishi kerak bo‘ladi. Vaziyat shunday tus olishiga ishonasizmi? 

Shuhratbek Jo‘rayev.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bayramga tayyorgarlik yoxud "Lokomotiv"ning sherigi aniq...mi?