Ispaniya yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Santi Denia va futbolchi Alehandro Franses O‘zbekistonga qarshi uchrashuv oldidan matbuot anjumanida ishtirok etdi.
"Avvalo, taklif uchun tashakkur bildirmoqchiman, ushbu bahs keskin kurashlarga boy bo‘ladi, deb o‘ylayman. Bosh murabbiyingiz Timur Kapadzeni Osiyo o‘yinlaridagi ajoyib ishtirok bilan tabriklayman. O‘zbekistonning o‘yinlarini kuzatib shunga amin bo‘ldikki, jamoa juda kuchli. Bizni qiyin sinov kutib turibdi. Bu biz uchun Qozog‘istonga qarshi uchrashuv oldidan juda muhim o‘yin bo‘ladi. Shu boisdan ushbu bahs tashkil etildi", dedi Santi Denia.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-23 — Ispaniya U-21 uchrashuvi ertaga soat 19:00da "Bunyodkor" stadionida o‘tkaziladi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boringCtrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Putin Ukrainaning yadroviy bomba yaratishiga yo‘l qo‘ymaslikka va’da berdi
Medvedev Rossiya NATO harbiy bazalariga zarba yo‘llashi mumkinligini istisno qilmadi
100 mln so‘mgacha bo‘lgan kreditlar soddalashtirilgan tartibda ajratiladi
Eron Isroil bilan keng ko‘lamli urushga tayyorligini ma’lum qildi
1 dekabrdan qonunchilikda nimalar o‘zgaradi?
Germaniya razvedkasi rahbari: “Rossiya yaqin yillarda NATOga hujum qilishi mumkin”
Shoygu Rossiyaning “yadro soyaboni” kimni himoya qilishini aytdi
Yapon psixiatri qiyinchiliklarni qanday yengish va mazmunli yashash sirlarini aytdi